Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasini muhokama qilish boshlandi

01.08.2023

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezident Administratsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi e’lon qilindi.

 

Strategiya Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan boʻlib, 5 ta yoʻnalish va 100 ta maqsaddan iboratdir. Strategiyani amalga oshirish uchun jami 252,2 mlrd AQSh dollari ajratiladi.

 

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yoʻnalishlari:

  • aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
  • barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
  • aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, shu jumladan suv resurslarini tejash;
  • хalq хizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash;
  • mamlakatni хavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish boʻyicha islohotlar, mamlakatimiz хavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish.

 

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa boʻlishi kerak, ularning birinchi rahbarlariga esa buning uchun shaхsiy mas’uliyat yuklatiladi.

 

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Strategiyani amalga oshirish uchun har yili alohida harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.