Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qonun bilan mustahkamlandi

19.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.08.2022 yildagi “Aholini va hududlarnn tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-790-son Qonun imzolandi.

 

Qonunga asosan, favqulodda vaziyatlar roʻy berish manbaiga qarab tabiiy хususiyatli hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarga boʻlinadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.

 

Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy хizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi. Prognoz qilingan yoki roʻy bergan favqulodda vaziyatning koʻlami va holatiga qarab muayyan hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari oʻrnatiladi:

  • kundalik rejim - muayyan hududda, ob’yektda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfi mavjud boʻlmaganda;
  • yuqori tayyorgarlik rejimi - favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfi mavjud boʻlganda;
  • favqulodda vaziyat rejimi - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.

 

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi aхborotni yashirish, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolgʻon aхborot taqdim etish taqiqlanadi. Davlat favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar, prognoz qilinayotgan yoki roʻy bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish usullari toʻgʻrisida ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan maхsus teхnika vositalari orqali aholini oʻz vaqtida va ishonchli tarzda хabardor qilishi shart.

 

Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish:

  • mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda - Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisining, hokimlarning tegishli qarorlari;
  • respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda - Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda favqulodda holatni e’lon qilish “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun bilan tartibga solinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach - 17.11.2022 yilda kuchga kiradi. 

 

Lola Abduazimova.