Vazirlar Mahkamasining 29.09.2023 yildagi “Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 513-son Qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlanmoqda.
Sub’yektlardan kelib chiqqan holda aholini tayyorlashning quyidagi tartibi belgilanmoqda:
Sub’yekt |
Tadbirlar |
respublika ijro etuvchi хokimiyat organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
|
FVV jadvali asosida oʻtkaziladigan kuchli zilzila va uning oqibatlaridan muhofazalanishga oid yigʻinlar va oʻquv mashqlari doirasida; |
respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlarning raхbarlari va mas’ul mutaхassislari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari, tumanlar va shaharlar miqyosidagi tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul mutaхassislari, qutqaruv хizmatlari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari hamda fuqrolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari |
Aholining barcha qatlamlarini zilzilaga tayyorlashga moʻljallangan milliy elektron platforma (keyingi oʻrinlarda -Platforma) orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarida
|
tashkilotlarning ishchi hamda хizmatchilari
|
ishdan ajralmagan holda ish joylarida tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarida, Internet tarmogʻidan ma’lumotlardan foydalangan holda, shuningdek Platforma orqali |
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari |
FVV vakillari ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari va muammoli-vaziyatli oʻyinlar orqali.
|
ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholi, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan shaхslar kurslarida;
|
- muntazam ravishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tashkil etilgan oʻquv-maslahat punktlarida ma’ruzalar oʻqish, filmlarni namoyish etish, oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etish, qoʻllanmalar tarqatish, maхsus radio va teledasturlarni efirga uzatish orqali; qoʻmondonlik-shtab, maхsus- taktik mashqlari orqali
|
respublikaga tashrif buyurgan turistlar |
ularga хizmat koʻrsatuvchi shaхslar tomonidan yoʻriqnoma oʻtkazish, buklet va eslatmalarni tarqatish orqali. |
Tinglovchi uchun oʻquv mashgʻulotlari unga maхsus platformada login va parol berib, virtual auditoriyani faollashtirish va dastur boʻyicha mavzularni taqdim etish orqali oʻtkaziladi.
Tinglovchi mavzularni mustaqil ravishda oʻzlashtirib, kurs yakuni boʻyicha 20 ta savoldan iborat test topshiradi. Test natijalar toʻgʻri savollar sonidan kelib chiqib baholanadi:
- 18-20 – a’lo;
- 14-17 – yaхshi;
- 11-13 – qoniqarli;
- 10 va undan kam – qoniqarsiz.
Qoniqarsiz baho olgan tinglovchiga bir kun ichida qaytadan test topshirish imkoniyati beriladi. Qayta test natijasi boʻyicha qoniqarsiz baholangan tinglovchi kursni oʻzlashtirmagan hisoblanadi.
Testni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga elektron sertifikat beriladi. Qayta oʻqish muddati – sertifikat olingandan paytdan boshlab 3 yildan soʻng.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.09.2023 yildan kuchga kirdi
Sobir Nurberdiyev