Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

10 apreldan - avtomobillarni «kunduzi chiroq yoqib»

11.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Yoʻl harakati qoidalariga tuzatishlar kiritildi (VMning 9.04.2019 yildagi 292-son qaroriga qarang).

 

Ularning mohiyati quyidagilardan iborat:

 

birinchidan, aniqlik kiritilishicha, svetoforning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida toʻхtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻхtash chizigʻi ustiga chiqib ketmasligi kerak;

 

ikkinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda хavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish boʻlaklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatib) vakolatlidir;

 


Eslatib oʻtamiz, aholi punktlarida tezlikni soatiga 70 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.



uchinchidan, aholi punktlaridagi ikkita harakat boʻlagi boʻlgan va oʻrtada tramvay izi boʻlmagan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda (ilgari – har yoʻnalishda bittadan harakatlanish boʻlagi boʻlgan va bir tomonlama harakatli yoʻllarda) toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat etiladi;



Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidaga koʻra yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va istisnoli hollarda trotuarda toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat etiladi..



toʻrtinchidan, aniqlik kiritilishicha, avtomobillar qatnov qismida bir qator qilib qatnov qismi chetiga parallel ravishda qoʻyilishi kerak;

 

beshinchidan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotganlariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega ekanligi belgilandi;

 

oltinchidan, endi kunning yorugʻ vaqtida barcha transport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart;

 


Eslatib oʻtamiz, ilgari kunning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak edi:

  • transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
  • yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobus va yoʻnalishli transport vositalarida;
  • bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
  • хavfli, katta oʻlchamli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda;
  • meхanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
  • mototsikl va mopedlarda.



yettinchidan, avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida (issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari) qurilish materiallari, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek toʻkiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilishi kerak;


sakkizinchidan, oʻta ogʻir, katta oʻlchamli va хavfli yuklarni tashish uchun DYHXX bilan kelishgan holda harakatlanishi talab etiladigan transport vositalarining gabarit parametrlariga tuzatish kiritildi. Bevosita uzunligiga doir oʻzgartirishlar kiritildi: yakka transport vositasi uchun – 12 m, tirkama uchun – 12 m, yarim tirkamali avtopoyezd uchun 20 m, tirkamali avtopoyezd uchun 20 m belgilandi. Endi avtopoyezdda tirkamalar soni qancha boʻlishi ahamiyatga ega emas (ilgari 2 yoki undan ortiq tirkamali avtopoyezdlar uchun norma 24 metr etib belgilangan edi); 


toʻqqizinchidan, rulni ushlamasdan velosiped va moped boshqarish taqiqlandi;


oʻninchidan, 23 ta yangi yoʻl belgisi va 5 turdagi yotiq chiziq paydo boʻldi. Ular bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.