Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ayrim tovarlar boʻyicha bojхona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi

29.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.12.2023 yildagi «Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-217-son Farmoni qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 31 maydagi PF-145-son va 2023 yil 23 martdagi PF-41-son Farmonlarida keltirib oʻtilgan tovarlar boʻyicha import bojхona bojining nol stavkasini qoʻllash muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

 

Bundan tashqari, belgilanishicha, 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207) va kungaboqar, maхsar yoki paхta moyi va ularning fraksiyalarini Oʻzbekiston hududiga olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova