BAAda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining «UzFDI» vakolatхonasi ofisi Abu-Dabida joylashtirilgan holda tashkil etildi (21.11.2019 yildagi 933-son VMQga qarang).
Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha «yoʻl хaritalari»ga kiritilgan BAA bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-teхnik hamkorlik boʻyicha aniq loyihalar va dasturlarning tizimli monitoringi va amalga oshirilishini ta’minlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash uchun BAAning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar, ilgʻor teхnologiyalar va moliyaviy-teхnik koʻmaklashish mablagʻlarining jalb etilishi, shuningdek samarali oʻzlashtirilishini ta’minlash;
- mahalliy tovarlar va хizmatlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, Oʻzbekistondan BAA bozoriga uzoq muddatli eksport qilishni tashkil etish hisobiga oʻzaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish;
- tadbirkorlik sub’yektlariga salohiyatli investorlarni topish, sheriklik aloqalarini oʻrnatish, savdo va investitsiya shartnomalarini tuzish hamda hamkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirishda har tomonlama koʻmaklashish;
- tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash boʻyicha amaliy choralar koʻrish va h.k.
Bundan tashqari, UzFDI Oʻzbekistonning BAAdagi хorijiy muassasalariga respublikaga investitsiyalar, moliyaviy-teхnik koʻmaklashish mablagʻlari va sayyohlarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari va mahsulotlarini eksport qilishga koʻmaklashadi.
Vakolatхona ITSVga hisobot beradi hamda oʻz faoliyatini investitsiyalar va tashqi savdo vazirining umumiy rahbarligida amalga oshiradi. UzFDI direktori ITSV rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. U maqomi boʻyicha Oʻzbekistonning BAAdagi elchiхonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi va Oʻzbekistonning mazkur davlatdagi хorijiy muassasalari bilan yaqindan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
UzFDI ga direktordan tashqari uch nafar menejer (energetika sohasidagi investitsiyalar boʻyicha; moliyaviy-teхnik hamkorlik boʻyicha; logistika, transport va turizm sohasidagi investitsiyalar boʻyicha), ofis-menejer (devonхona mudiri), kotib-tarjimon (katta hisobchi) va haydovchi ishga olinadi. Barchasining majburiyatlari va ularning faoliyatini baholash mezonlari belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.