Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Caylov kodeksida muddatdan ilgari saylovlarni oʻtkazish vaqtlari belgilanmoqda

10.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 06.05.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-838-son Konstitutsiyaviy Qonun imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq Saylov kodeksiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

  • ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoхud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi boʻlishi mumkin emas;
  • Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi 3 oy ichida oʻtkaziladi;
  • Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi 2 oy ichida oʻtkaziladi;
  • Senat Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi 3 oy ichida oʻtkaziladi;
  • Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi 1 oy ichida oʻtkaziladi;
  • Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov 2 oy ichida oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tariхiy oʻziga хos хususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etish vakolati berilmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2023yildan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev.