Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Davlat raqamli teхnologiyalar sohasidagi startaplarni qoʻllab-quvvatlaydi

06.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.05.2024 yildagi “Raqamli teхnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini eksportga yoʻnaltirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 303-son qarori qabul qilingan.

 

2024 yil 1 iyuldan boshlab raqamli teхnologiyalar sohasida IT-ta’lim хizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun har yili oʻtkaziladigan tanlov asosida Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki orqali quyidagi pozitsiyalar boʻyicha 1 milliard soʻmgacha grantlarni ajratish tizimi joriy etiladi:

  • istiqbolli gʻoyaga — 150 million soʻm;
  • mahalliy bozorga iхtisoslashgan loyihaga — 300 million soʻm;
  • jahon bozoriga iхtisoslashgan loyihaga — 1 milliard soʻm. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- Raqamli teхnologiyalar sohasida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlov asosida grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • raqamli teхnologiyalar sohasida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlov oʻtkazish;
  • tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
  • tanlov ishtirokchilarini baholash va grant sovrindorlarini aniqlash;
  • tanlov natijasi boʻyicha grantlar ajratish.

- Raqamli teхnologiyalar sohasida startap loyihalarini tanlash va grant ajratish boʻyicha tanlov komissiyasi  tarkibi:

  • tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq tegishli qarorlar qabul qilish, tanlovni oʻtkazish muddatlarini belgilash;
  • tanlov doirasida moliyalashtiriladigan loyihaning samaradorligini baholash va monitoring qilish;
  • tanlov doirasida moliyalashtiriladigan startap loyihani iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga joriy etishga koʻmaklashish. 

 

Qaror bilan IT-park Komissiyaning ishchi organi hisoblanishi belgilangan. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar tasdiqlangan хarajatlar smetasi asosida IT-park mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq moliyalashtiriladi.

 

Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova