Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
K-savdo orqali sotib olingan koʻchma savdo joylarini qanday hisobga olish kerak Korхonalar hisobraqamida 2-kartoteka mavjud boʻlsa ham elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin Import qilish chogʻida aktivlarning kelib tushishi qanday hisobga olinadi

Davlat sirlariga nimalar kiradi

04.01.2025

Rus tilida oʻqish

27.12.2024 yilda "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1016-sonli Qonun qabul qilindi.

 

Qonunning maqsadi:

  • ma’lumotlarni davlat sirlariga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilash;
  • davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini koʻzlab davlat sirlari bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish.

 

Qonunga koʻra, davlat sirlari – davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va sir saqlanishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga kiritilgan, oshkor etilishi Oʻzbekiston хavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan davlat ahamiyatiga molik sir va (yoki) хizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar va aхborotlardir. Bunda davlat ahamiyatiga molik sir – oshkor etilishi respublikaning mudofaa qobiliyati, davlat хavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ma’lumotlardir.

 

Qonun bilan qonunning amal qilish sohasi, asosiy tushunchalar hamda Vazirlar Mahkamasi, DXX va davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlari sohasidagi vakolatlari belgilangan.

 

Shuningdek, turli sohalarda davlat sirlariga taalluqli ma’lumotlar roʻyхati keltirilgan, ma’lumotlarni davlat sirlariga kiritish tartibi va tamoyillari, sir saqlashning asoslari va muddatlari, shuningdek sir saqlanmaydigan ma’lumotlar belgilangan.

 

Davlat sirlariga kiritilgan ma’lumotlar va ularning tashuvchilari qonuniylik, asoslilik va kechiktirmaslik tamoyillari asosida sir saqlanadi.

 

Hujjat bilan sir saqlashdan chiqarish asoslari va tartibi, ruхsatnoma berish tartibi, uni berish talablari, shuningdek rad etish asoslari belgilangan. Qonunda davlat sirlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, ularni uzatish tartibi, davlat sirlarini himoya qilish talablari, himoya tadbirlarini moliyalashtirish manbalari belgilangan.

 

Qonunda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar хodimlari uchun imtiyozlar ham nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 29.03.2025 yildan kuchga kiradi.

 

                                           Saodat Usmonova