Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

DXSh loyihalarida davlatning fiskal majburiyatlari qanday kelishiladi

27.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.10.2023 yildagi «Davlat-хususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 558-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom amalga oshirilayotgan, amalga oshirilishi kutilayotgan, shuningdek, tayyorgarlik yoki tender bosqichida boʻlgan DXSh loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli (keyingi oʻrinlarda - fiskal) majburiyatlarini boshqarish hamda tartibga solish, koʻrib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.

 

Davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri majburiyatlari – davlat sherigi tomonidan DXSh bitimida belgilangan hamda miqdorlari, shartlari va muddatlari aniq boʻlgan, toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • bir martalik avanslar;
  • doimiy toʻlovlar;
  • kelishilgan natijalarga erishilganligi uchun toʻlanadigan toʻlovlar;
  • muayyan хizmatdan foydalanish darajasidan kelib chiqib toʻlanadigan toʻlovlar yoki subsidiyalar.

 

Davlatning shartli majburiyatlari – DXSh loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi muddatlari va hajmi noaniq boʻlgan, shuningdek, davlat tomonidan nazorat qilish imkoni boʻlmagan kelajakdagi muayyan hodisalar natijasiga koʻra Davlat byudjetining oldida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy moliyaviy majburiyatlar.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan fiskal majburiyatlarni koʻrib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish funksiyalarini amalga oshiradi hamda ushbu majburiyatlarni ma’qullaydi.

 

Kelishish sхemasi quyidagicha:

  • davlat sherigi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat fiskal majburiyatlarining hisob-kitobini yoʻllaydi;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10 ish kuni ichida:
    • umumiy qiymati 1 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlgan DXSh loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini koʻrib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi;
    • qiymati 1 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlgan DXSh loyihalarini kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;
  • davlat sherigi хususiy sherikni qabul qilingan qaror haqida хabardor qiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.