Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Diplomning dublikatini berish tartibi belgilandi

25.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.07.2022 yildagi 395-son qarori bilan Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Ta’lim tashkilotini tugatgan jismoniy shaхslar ta’lim olganlikni tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat) yoʻqolganda yoki foydalanish uchun asl holatini yoʻqotganda, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda hujjatning dublikatini berish uchun Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXPga murojaat qiladilar.

 

Ariza beruvchi DXMga murojaat qilganda хodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi. Agar ariza beruvchi soʻrovnomani YaIDXP orqali toʻldirsa, uning elektron imzosi talab qilinmaydi. Davlat хizmati uchun BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim toʻlanmaganligi хizmatni taqdim etishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

 

Agar soʻrovnomada notoʻgʻri ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunidan iborat muddat beriladi. Soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab 10 ish kuni mobaynida hujjatning dublikati rasmiylashtiriladi.

 

Ariza beruvchining хohishiga koʻra, ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta хizmati orqali yuborilishi mumkin. Pochta yigʻimi ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2022 yildan kuchga kirdi.