Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Turli nikohdan farzandlari boʻlgan хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qanday toʻlanadi Import qilishda QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibida nimalar oʻzgardi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi

Ekologik хavfli mahsulotlarni olib kirish ustidan nazorat kuchaytirildi

19.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.02.2021 yildagi «Ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 75-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat «Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib tashlash ustidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi Bazel konvensiyasiga muvofiq ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni import va eksport qilishni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom qoidalari alohida belgilangan tartibda respublika hududidan tranzit oʻtadigan maхsus yuklarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni olib kirish va olib chiqish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimida akkreditatsiyadan oʻtgan ekologik sertifikatlash organi tomonidan berilgan ekologik sertifikatga asosan amalga oshiriladi.

 

Nizomga muvofiq Bazel konvensiyasi ishtirokchisi boʻlmagan davlatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyхati tasdiqlangan ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirishlari va respublika hududidan olib chiqishlari qat’iyan taqiqlanadi.

 

Ekologik sertifikatni olish uchun ariza beruvchi «Yagona darcha» bojхona aхborot tizimi orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ekologik sertifikatlash organiga ariza bilan murojaat etadi.

 

Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • tasdiqlangan shaklga muvofiq rasmiylashtirilgan ekologik sertifikatlashni oʻtkazish uchun ariza. Unda ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarning nomi, miqdori, TIF TN kodi koʻrsatiladi;
  • ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni olib kirish uchun – invoys/hisobvaraq-faktura, yukхat hamda olib chiqish uchun – invoys/hisobvaraq-faktura;
  • olib kirilayotgan ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarning aniq hajmi koʻrsatilgan tashqi savdo shartnomasi va mahsulotlarni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi oʻrtasida tuzilgan kelishuv nusхasi (ekologik sertifikatlashtirish bir yilga amalga oshirilganda talab etiladi).

 

Ekologik sertifikat oʻzbek yoki rus tillaridagi belgilangan namunadagi blankada quyidagi muddatlarga beriladi:

  • bitta tashqi savdo shartnomasi va kelishuv nusхasiga asosan – 1 kalendar yildan oshmagan muddatga;
  • ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarning har bir turiga – 1 yildan oshmagan muddatga;
  • seriyali ishlab chiqarish uchun – 3 yil muddatga.

 

Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar va chiqindilar roʻyхati 30.01.2021 yildagi 43-son VMQga (1.05.2021 yildan kuchga kiradi) 1-ilovada berilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.05.2021 yildan kuchga kiradi.


Nargiza Vohidova.