Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Moddiy yordamning imtiyozli summasini hisoblash uchun EKIHMning qaysi sanadagi koʻrsatkichini olish kerak Ijaraga beruvchi jismoniy yoki yuridik shaхs qanday eng kam stavkadan kelib chiqib soliq toʻlashi lozim Koʻp marta ishlatiladigan idishlar qanday hisobga olinadi

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi

15.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2025 yildagi 6-son qarori bilan 24.11.2021 yildagi "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi VMQ-709-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat OʻRQ-871-son, OʻRQ-973-son qonunlar qabul qilinishi hamda Prezidentning 18.01.2024 yildagi PF-15-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.  

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:

• qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi ijarachisi yerdan foydalanishning asosiy maqsadli vazifasini oʻzgartirmagan holda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaхsga berish (qayta topshirish) boʻyicha bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga shaхsan murojaat qilishi shart;

• qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi boshqa shaхsga faqat toʻliq hajmda ijaraga berilishi mumkin, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlar esa ijaraning qolgan muddatiga rasmiylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 13.01.2025 yildan  kuchga kirdi.

 

                                         Lola Abduazimova