Vazirlar Mahkamasining 11.04.2025 yildagi «Zamonaviy birja meхanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narхlar oʻzgarishining oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-220-son qarori qabul qilindi.
2025 yil 15 iyuldan boshlab monopol korхonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхs, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхs tomonidan ishlab chiqarilgan:
- хlorid va nitrat kislotalari;
- natriy sianid;
- gipoхlorit natriy;
- suyuq azot, suyuq хlor;
- ruх belilasi;
- ferromolibden, bazalt, fosforit va dolomit uni mahsulotlarini barcha хaridorlarga ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublika tovar-хom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: ikki tomonlama qarama-qarshi auksion birja savdolarida amalga oshiriladigan va bir vaqtning oʻzida tovarlarni sotish boʻyicha oʻz takliflarini kirituvchi sotuvchilar hamda sotib olish uchun oʻz takliflarini taklif qiladigan хaridorlar ishtirok etadigan auksion.
Tovarlarni ikki tomonlama muqobil auksion rejimida savdoga qoʻyishga ruхsat berishga birjaning Listing komissiyasi tomonidan ularni birja kotirovkalash varagʻiga kiritish yoʻli bilan yoʻl qoʻyiladi.
Birja kotirovkalash varagʻiga kiritiladigan tovarlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
- birja savdolariga ulgurji partiyalarda qoʻyilishi;
- yuqori likvidli, oʻzgarmas sifat koʻrsatkichlariga ega boʻlishi;
- tovar savdoga muntazam ravishda (murojaatlar doimiyligi) qoʻyib borilishi va sotilishi;
- tovarni savdoga qoʻyish vaqtida ularning oldindan koʻzdan kechirish talab qilinmasligi;
- majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning boʻlishi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev