Vazirlar Mahkamasining 23.08.2017 yildagi 663-son qarori bilan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.
Avval amal qilgan tartibga koʻra, litsenziya faoliyatini amalga oshirish uchun filiallarga ega boʻlgan litsenziya talabgoriga litsenziya bilan bir vaqtda shunday filiallar soni boʻyicha tasdiqlangan nusхalari ham berilardi.
Endilikda filiallar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar har birining joylashgan manzili koʻrsatilgan holda ular tegishli litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi sharti bilan, litsenziyalar reyestriga kiritiladi.
Shuningdek, litsenziat filial ochgan (yopgan) taqdirda, har birining joylashgan manzili va mas’ul shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda Intellektual mulk agentligini bu haqda yozma хabardor qiladi. Shundan soʻng filial toʻgʻrisidagi ma’lumotlar 3 ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritiladi va bu haqda litsenziat 5 ish kuni ichida yozma хabardor qilinadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.