Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Xalq ta’limi sohasidagi ayrim хizmatlar elektron formatga oʻtkazildi

20.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.06.2022 yildagi «Xalq ta’limi tizimida davlat хizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 295-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta ta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar farzandlarini umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • 1 va 2-ilovalardagi ma’muriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat хizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaхslar YaIDXP yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron хizmatlar portali orqali murojaat qiladilar;
  • 3-4-ilovalardagi ma’muriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat хizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaхslar YaIDXP orqali murojaat qiladilar;
  • 2-4-ilovalarda nazarda tutilgan davlat хizmatlari davlat хizmatlari markazlari orqali 2025 yil 1 yanvardan boshlab koʻrsatiladi

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.09.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Saodat Usmanova.