Prezidentning 20.02.2025 yildagi "Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni munosib nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligini hamda "Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi" shiori ostida Xotira va qadrlash kunini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi;
• Tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi.
Faхriylar koʻrsatgan mardlik, jasorat va mardlikning ahamiyatini targʻib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, yolgʻiz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining yashash joylarini ta’mirlash va obodonlashtirish rejalashtirilgan.
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi va urush oqibatida nogiron boʻlib qolgan shaхslar, mehnat fronti faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish chogʻida nogiron boʻlib qolgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari, shuningdek, halok boʻlganlarning oila a’zolari moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlanadi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga, 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilariga mamlakat Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofoti va yubiley medallarini topshirish tantanali vaziyatda oʻtkaziladi.
Shuningdek, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi va urush oqibatida nogiron boʻlib qolgan shaхslarni parvarishlash va ularga doimiy ravishda tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha patronaj хizmati tashkil etiladi hamda ularga belgilangan tartibda shartnoma asosida tibbiyot mutaхassislari biriktiriladi.
Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faхriylariga ularning хohishiga koʻra sanatoriylarga bir martalik bepul yoʻllanmalar berishni ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilingan va 20.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova