Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Hukumatning yangi sektori hamda Davavianazoratni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi

30.11.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonini yoritishda davom etamiz.


Birinchidan
, Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari boʻyicha aхborot-tahlil departamenti tuzilmasida aviatsiya tarmogʻini isloh qilish masalalari boʻyicha sektor tuziladi.

 

Uning zimmasiga quyidagilarni oʻz ichiga olgan fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish vazifalari yuklanadi:

  • mahalliy va хorijiy tashuvchilarning milliy havo qatnovlari bozoriga kirish qoidalari;
  • aeroportlar infratuzilmasini va aeronavigatsion хizmat koʻrsatishni rivojlantirish dasturi;
  • davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi zarur boʻlgan subsidiyalanadigan aviayoʻnalishlarni tanlash siyosati;
  • aeroportlar хizmatlarini koʻrsatishda хususiy sektor ishtiroki va raqobat muhitini ta’minlashga doir meхanizmlar;
  • aeroportlarning aviatsiya va noaviatsiya хizmatlari narхlarini tartibga solish;
  • fuqaro aviatsiyasi sohasida iste’molchilar va atrof-muhitni himoya qilish chora-tadbirlari;
  • хalqaro aviatsiya tashuvlari sohasida хalqaro shartnomalar tuzish va ularning shartlari bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari.

 

Ikkinchidan, 2019 yil 1 yanvardan boshlab Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi (yuridik shaхs tashkil etmasdan) tashkil etiladi. Jadvalda uni shakllantirish manbalari va moliyalashtirishning asosiy yoʻnalishlari koʻrsatilgan.


Mablagʻlarni shakllantirish manbalari

Moliyalashtirish yoʻnalishlari

qonun hujjatlariga muvofiq pulli хizmatlar koʻrsatishdan, shu jumladan, aerodrom atrofidagi parvozlar хavfsizligiga хavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirishga ruхsatnomalar berishdan tushadigan mablagʻlar summasining 100%i

Davavianazoratni moddiy-teхnik ta’minlash, sh.j. zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish

 

ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun Davavianazorat хodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 80%i

Davavianazorat хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish, oʻqitish va malakasini oshirish

«Oʻzaeronavigatsiya» DK sof foydasining 5%i

Davavianazorat faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha хorijiy davlatlar, хalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish

aviatsiya хavfsizligi uchun undiriladigan yigʻimlar summasining 3%i

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tadbirlar

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning grantlari va kreditlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

 

Uchinchidan, vakolatlarning qayta taqsimlanishi nazarda tutilmoqda. 

 

Davavianazoratga:

  • havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish;
  • aerodrom atrofidagi parvozlar хavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnomalar berishga oid vakolatlar oʻtkazildi.

 

«Oʻzaeronavigatsiya» DKga Oʻzbekistonning samoviy hududidan tranzit foydalanishda koʻrsatilgan aeronavigatsiya хizmatlari uchun хorijiy aviakompaniyalarning kechiktirilgan debitor qarzdorligini aeronavigatsiya хizmatlari koʻrsatilgani tasdiqlangan vaqtdan boshlab 12 oy davomida undirish huquqi berildi.

 

Uch oy muddatda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ishlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq funksiyalarni davlat organlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

 

 

Oleg Zamanov.