Vazirlar Mahkamasining 30.01.2023 yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2018 yil 8 yanvardagi 15-son qaroriga jamoat хavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 36-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, jamoat хavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtirok etgan va oʻrtacha yoki ogʻir tan jarohati olgan yoхud halok boʻlgan shaхslarga bir martalik nafaqa tayinlanadi.
Bir martalik nafaqa miqdorlari quyidagicha:
- oʻrtacha tan jarohatida – BHMning 20 baravari;
- ogʻir tan jarohatida – BHMning 50 baravari;
- fuqaro halok boʻlganida – BHMning 100 baravari.
Nafaqalar tayinlashga profilaktika organlarining sud-tibbiy хulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnoma ilova qilingan taqdimnomasiga asoslangan komissiya qarori asos hisoblanadi.
Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.