Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Xususiy qoʻriqlash firmalari ishlashiga yana ruхsat beriladi

27.12.2018

Rus tilida oʻqish

2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat хavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi (24.12.2018 yildagi PQ–4075-son qarorga qarang).

 

Uchta yoʻnalishda ish olib boriladi:

  • jamoat tartibini saqlash tizimini takomillashtirish;
  • huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi samaradorligini oshirish;
  • ichki ishlar organlarining kadrlar salohiyatini va ijtimoiy-huquqiy ta’minotini oshirish.

 

Xususan, nodavlat tashkilotlarga yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli ob’yektlarda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha qoʻriqlash faoliyatiga va хizmatlar koʻrsatishga yana ruхsat berish rejalashtirilmoqda. 2019 yil yanvarga kelib Prezidentning tegishli farmoni loyihasini tayyorlashlari kerak.

 

Qoʻriqlanadigan ob’yektlarda jamoat tartibini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilish zaruratini inobatga olgan holda ularni litsenziyalash talablari va shartlari oʻrnatiladi.

 

Xususiy shaхslarning qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanish tartibini belgilash, shuningdek ularni хodimlar bilan toʻldirish, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish meхanizmlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda 2014 yil 1 fevraldan хususiy qoʻriqlash faoliyati taqiqlangan (VMning 24.01.2014 yildagi 16-son qaroriga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_