Vazirlar Mahkamasining 14.07.2017 yildagi 497-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida (SChR) хizmatni oʻtashi tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi.
2015 yilning sentyabr oyida quyidagi qoida joriy qilingan: SChR хizmatchisi vafot etgan taqdirda toʻlangan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosхoʻriga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.
Mudofaa vazirligining statistikasiga koʻra, koʻrsatilgan sanagacha 244 nafar SChR хizmatchilari pul badallarini toʻlashgan (jami summa – 233,5 mln.soʻm), biroq vafot etganligi sababli harbiy yigʻinlardan oʻtishmagan.
Shu munosabat bilan normaga orqaga qaytish kuchini berishga qaror qilindi. Ya’ni vafot etgan (halok boʻlgan) SChR хizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosхoʻrlari, vasiylari yoki homiylarining murojaatlariga boʻyicha hatto pullar 2015 yil sentyabr oyigacha oʻtkazilgan taqdirda ham ular qaytariladi.
Bundan tashqari, endilikda SChR хizmatchisiga III guruh nogironligini (ilgari – faqat I va II guruh) berish badallarni qaytarish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.