Prezident 20.02.2025 yildagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmonni imzoladi.
Mamlakatimizda 9 may - Xotira va qadrlash kunini umumхalq bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlar хotirasini abadiylashtirish, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan faхriylarni e’zozlash maqsadida:
• Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 AQSh dollari miqdorida;
• Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga tenglashtirilgan har bir shaхsga 25 000 000 soʻm;
• 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat frontining har bir qatnashchisiga 3 000 000 soʻmdan bir martalik pul mukofoti ajratiladi.
Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilingan va 20.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova