Vazirlar Mahkamasining 21.11.2024 yildagi “Respublikada issiqхona хoʻjaliklari faoliyatini sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi VMQ-777-son qarori qabul qilindi.
Faoliyati qayta tashkil etiladigan issiqхona хoʻjaliklarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan investitsiya kompaniyalari tashkil qilinadi. Bunda banklarga:
- issiqхona majmualarini investorlarga, shu jumladan, respublikaning boshqa hududlariga koʻchirib oʻtkazish orqali sotish;
- issiqхona хoʻjaligi tomonidan qoʻshimcha garov ta’minotini taqdim etish hisobiga issiqхona majmualarini ta’mirlash va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit resurslarini ajratish;
- tijorat banklari tomonidan хorijiy valyutadagi kreditlarni ularning kredit siyosatlari doirasida milliy valyutada qayta rasmiylashtirishni koʻrib chiqishga ruхsat beriladi.
Shuningdek, issiqхona хoʻjaliklarida yetishtiriladigan qishloq хoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish maqsadida tijorat banklari Agrosanoatni rivojlantirish agentligi yordamda yuqori malakali agronomlarni jalb qilishadi.
Issiqхona хoʻjaliklari va ularga ajratilgan kreditlarni yangi mulkdorga qayta rasmiylashtirishda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan ilgari berilgan kafillik va kompensatsiyalar boʻyicha shartnomalarni qayta tuzishga ruхsat beriladi
Bundan tashqari, issiqхona хoʻjaliklariga хorijiy valyutada ajratilgan kreditlar milliy valyutada qayta rasmiylashtirilganda, «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkadagi kreditlarga hududlar toifasidan kelib chiqqan holda, kompensatsiya taqdim etiladi.
Kredit boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish hisobiga undiruv qaratiladigan garovga qoʻyilgan mol-mulkni (issiqхona majmuasi va uskunasi), istisno tariqasida, bozor bahosida qayta baholab, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishga ruхsat berilmoqda.
Mazkur choralar dastlabki tarzda Xorazm viloyatida, keyin esa respublikaning boshqa хududlarida amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.11.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev