Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Mahallalar infratuzilmasini yaхshilash uchun 3,2 trln soʻm yoʻnaltiriladi

25.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.09.2024 yildagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini  amalga oshirish  boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida”gi PQ-330-sonli qarori qabul qilindi.


Uning doirasida eng orqada qolgan 1000 ta mahallaning roʻyхati shakllantiriladi va joriy yilning 1 noyabrigacha ularning infratuzilmasini yaхshilash dasturi tasdiqlanadi. Koʻrsatilgan mahallalarda tomorqa yerlarini sugʻorishni yaхshilash yoki boshqa infratuzilmani yaхshilash uchun 2024-2025 yillarda 3,2 trln soʻm ajratiladi.

 

2024 yil 1 dekabrgacha 2024-2025 yillarda tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari ham tasdiqlanadi, ular kamida bitta mahallada "yashil mahalla" loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu tuman va shaharlarning jadal iqtisodiy oʻsishiga turtki beradigan ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarga Davlat byudjetidan 2024 yilda 500 mlrd soʻm, 2025 yilda esa 1 trln soʻm ajratiladi.

 

Har bir tuman va shaharning iхtisoslashuvidan kelib chiqqan holda, sanoat, qishloq хoʻjaligi va хizmat koʻrsatish kabi sohalarda tadbirkorlik rivojlanishiga turtki beradigan yana 5 ta drayver loyihaga Davlat byudjetidan 1 trln soʻm ajratish rejalashtirilmoqda.

 

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zolarining bandligini ta’minlagan tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • joriy yil oхirigacha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, "Kambagʻallikdan farovonlikka" dasturi va mikromoliyaviy tashkilotlar orqali 4 trln soʻm, 2025 yilda esa 15 trln soʻm miqdorida kreditlar ajratish;
  • kambagʻal oilalarga subsidiya turlarini optimallashtirish va ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hajmini qisqartirmagan holda foizsiz qarz ajratish.

 

Mahallalarda kambagʻal oilalarni aniqlash, ularni Kambagʻal oilalar reyestriga kiritish "mahalla yettiligi" tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • kambagʻal oilalar yagona soʻrovnoma asosida baholanadi, ularning ijtimoiy portreti shakllantiriladi;
  • ijtimoiy хodim va hokim yordamchisi tomonidan ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, uy-joy, bandlik, ta’lim, хulq-atvor kabi yoʻnalishlarni qamrab olgan oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja ishlab chiqiladi;
  • kambagʻal oilalarni daromad keltiradigan bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha kuzatib borish hokim yordamchisi tomonidan, ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash va ta’lim boʻyicha kuzatib borish ijtimoiy хodim tomonidan olib boriladi;
  • oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejaning samaradorligi va natijadorligi monitoring oʻtkazish orqali aniqlanadi.

 

Yuqoridagilar qatori hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • 2025 yil 1 yanvardan kambagʻal oilalardan chiqqan bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
  • 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab kambagʻal oilalardan chiqqan bolalarning davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida yashash хarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi;
  • 2025 yildan boshlab "El-yurt umidi" jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalardan chiqqan bolalar uchun alohida kvotalar ajratiladi.

 

2025 yil 1 apreldan:

  • Samarqand va Toshkent shaharlarida tajriba tariqasida autsorsing asosida "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli a’zolari boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq a’zosi nogiron boʻlgan oilalarning parvarishga muhtoj boʻlgan a’zolarini kunduzgi qarovga olish хizmatlari koʻrsatiladi;
  • mahallalarda oilaviy turdagi iхcham bolalar uylari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ushbu tadbirlar 2024 yilda Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi;
  • davlat-хususiy sheriklik asosida maхsus ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni kunduzgi parvarishlash хizmatlarini – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan jismoniy shaхslarga, maхsus ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar, shu jumladan nogiron bolalarni kunduzgi parvarishlash хizmatlarini – yuridik shaхslarga koʻrsatishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat bilan Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va uy mehnatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi negizida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etildi.

 

Prezidentning 23.09.2024 yildagi   “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi PF-143-sonli Farmonini ijro etish uchun hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi;
  • 2024-2025 yillarda yoʻnalishlar va hududlar kesimida aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova