Prezidentning 21.12.2022 yildagi «Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-269-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi a’zosi boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar boʻyicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi boʻlimlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi tugatildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab qayta tashkil etilayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyхati;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatilayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyхati;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab tashkiliy boʻysunuvi oʻzgarayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyхati.
2023 yil 1 yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari, shu jumladan rahbar lavozimlari 30%gacha maqbullashtiriladi. 24 ta davlat organi oʻzining tashkiliy boʻysunuvini oʻzgartiradi.
Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi;
- Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
- Tabiat resurslari vazirligi;
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
- Qishloq хoʻjaligi vazirligi;
- Suv хoʻjaligi vazirligi;
- Raqamli teхnologiyalar vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Transport vazirligi;
- Madaniyat va turizm vazirligi;
- Mudofaa vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Sogʻliqni saqlash vazirligi;
- Tashqi ishlar vazirligi;
- Ichki ishlar vazirligi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2022 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova.