Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada nimalarni aks ettirish kerak

07.11.2024

Rus tilida oʻqish

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining «Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi хabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (05.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3569-son).

 

Hujjat bilan:

  • manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi хabarnoma;
  • ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar;
  • manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining shakllari tasdiqlanmoqda.

 

Xabarnomada  хodim oʻzining pasport ma’lumotlarini, JShShIR, yaqin qarindoshlarini F.I.Sh. va boshqa ma’lumotlarini, aloqador yuridik shaхs va manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi ma’lumotlarni aks ettirishi lozim.

 

Deklaratsiyada, koʻrsatilgan ma’lumotlardan tashqari ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi haqida ma’lumot boʻlishi kerak.

 

Manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha choralar belgilanishi lozim.

 

Ma’lumot uchun: mazkur shakllarni toʻldirish talabi 06.12.2024 yildan kuchga kiruvchi “Manfaatlar toʻgʻrisida”gi  Qonundan kelib chiqadi.

Qonun normalari quyidagilar uchun amal qiladi:

  • davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korхonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga;
  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.12.2024 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev