Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi

26.04.2024

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarga fundamental monetar omillar ta’siri bosqichma-bosqich kamayib bormoqda. Shu bilan birga, joriy yil 1 maydan ayrim tartibga solinadigan tariflarning erkinlashtirilishi, umumiy inflyatsiyaga bir martalik ta’sir koʻrsatishi mumkin.

 

Markaziy bank boshqaruvi, inflyatsiyaning yangilangan prognoz koridorining yuqori chegaralariga nisbatan ham joriy pul-kredit sharoitlari nisbatan qat’iy fazada shakllanganligini inobatga olib, asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayishda davom etib, mart oyida yillik 8 foizni tashkil etdi. Bunda, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasida sezilarli pasayish kuzatildi.

 

Iqtisodiyotda yuqori talabning saqlanib qolayotgani hamda ayrim tartibga solinadigan narхlar va tariflarning oshirilishi sharoitida хizmatlar inflyatsiyasi soʻnggi oylar davomida barqaror oʻsib bormoqda.

 

Bazaviy inflyatsiya sezilarli sekinlashib, mart oyida yillik 7,6 foiz va yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasidan pastroq shakllandi.

 

Asosiy ssenariy boʻyicha 2024 yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9-11 foizgacha oshirildi.  

 

Prognoz koridorining nisbatan kengligi, tariflar oshirilishi munosabati bilan aholiga taqdim etiladigan bir martalik toʻlovlar, ijtimoiy norma va ikki oylik imtiyozli davr mazkur oʻzgarishlar ta’sirini yumshatish imkonini berishi hamda hozirgi paytda ushbu oʻzgarishlarning aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalariga ta’sirini baholash murakkabligi bilan izohlanadi.

 

Bazaviy inflyatsiyaning barqaror pasayish trayektoriyasida qolishi boʻyicha mustahkam kutilmalar shakllanib, yil yakunida 7-8 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

 

Hukumat tomonidan iqtisodiyotda yalpi taklifni oshirishga va inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, uzoq muddat davomidagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining yigʻilgan ta’sirlari inflyatsion jarayonlarni jilovlashga хizmat qiladi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2024 yilning birinchi choragida iqtisodiyotning oʻsish sur’ati 6,2 foizgacha tezlashdi. Xizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi va qurilish sohalaridagi yuqori oʻsish sur’atlari, shuningdek, ishlab chiqarish va togʻ-kon sanoati sohalarida investitsion faollikning oshishi kuzatildi.

 

Mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda. Biroq, ishchi kuchi taklifida ma’lum segmentatsiya mavjud boʻlib, yuqori malakali sohalarda talabning toʻliq qondirilmayotganligi kuzatilmoqda. Bu esa, tegishli sohalarda ish haqlarining yuqoriroq oʻsishiga olib kelmoqda.

 

Soʻmning real almashuv kursi dinamikasi yil boshidan 0,9 foizga qadrsizlanib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi. Tashqi savdo hamkorlar milliy valyutalari kurslari va inflyatsiyalari boʻyicha prognozlarni inobatga olganda real almashuv kursiga nisbatan bosimlar kuzatilmayapti.

 

Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligi, inflyatsion kutilmalar va tarkibiy islohotlar sur’atlariga alohida e’tibor qaratadi.

 

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2024 yil 13 iyunga belgilangan.