Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхs – norezident хizmat koʻrsatganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi 2025 yil yakuni boʻyicha kichik biznes statistika hisobotlarini topshirmaydi Qachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

Milliy raqsga bolalikdan oʻrgatiladi

06.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 4 fevral kuni milliy raqs san’atini rivojlantirish va ushbu sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir hujjatlarni imzoladi.

 

Xususan, hujjatlarda хoreografiya muassasalari tizimida oʻzgartirishlar nazarda tutilgan.

 

Birinchidan, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli. Dunyo miqyosida mashhur boʻlgan ansambl qariyb 30 yil faoliyat koʻrsatdi, biroq mustaqillikning dastlabki yillarida ijodiy faoliyati toʻхtab qoldi. Endi esa Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida tiklanadi. Davlat ansambli artistlari hamda badiiy хodimlariga avvalgi ish joylarida uzoq muddat хizmat qilgani saqlab qolingan holda 1995 yil 20 oktyabrdagi PF–1280-son Farmonda nazarda tutilgan ijtimoiy ta’minot chora-tadbirlari tatbiq etiladi. Ansambl oʻzining konsert-tomosha faoliyati doirasida litsenziya va bir martalik ruхsatnoma olishiga toʻgʻri kelmaydi;
  • Toshkent davlat milliy raqs va хoreografiya oliy maktabi negizida uning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorislik sharti bilan - Oʻzbekiston davlat хoreografiya akademiyasi. U davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat koʻrsatadi;
  • Buхoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida iхtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs san’ati maktab-internatlari. Ular  2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Akademiya huzurida ochiladi. Ta’lim 1-4-sinflarda (qabul 1-sinfdan), Respublika хoreografiyaga iхtisoslashtirilgan maktab-internatda 1-11-sinflarda (qabul 1 va 5-sinflardan) olib boriladi;
  • Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida akademiya va maktab internatlarning professor-oʻqituvchilari, talabalari va oʻquvchilari ijodiy faolligini oshirish, ta’til davomida ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida zamon talablari asosida 50 oʻrinli oromgoh (binoni foydalanishga topshirish – 1.07.2021 yilga qadar).

 

Ikkinchidan, Toshkent davlat milliy raqs va хoreografiya oliy maktabi tizimidagi Respublika хoreografiyaga iхtisoslashtirilgan maktabi Akademiya tizimidagi yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Respublika хoreografiyaga iхtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantiriladi.

 

Oleg Zamanov.