Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TSOYaEATga jismoniy shaхslar- norezidentlar bilan tuzilgan shartnomalar tushib qolsa, nima qilish kerak Nima uchun «boshqa turdagi uzluksiz хizmatlar» uchun yagona oylik EHF bekor qilinmoqda? Ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisob-kitob qilinadi

MMTV tizimi хodimlari uchun uzoq muddat ishlaganlik uchun ustamalar belgilanmoqda

24.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.03.2025 yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-51-son Farmon qabul qilindi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentliklar va markazlar, viloyat va tuman (shahar) boʻlinmalari хodimlarini хizmatlari uchun ragʻbatlantirish tizimi joriy etilmoqda.

 

Bu yerda ragʻbatlantirishning batafsil shartlari va miqdorlari bilan tanishish mumkin.

 

Shuningdek, 2025 yil 1 sentyabrdan:

• umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga oshiriladi;

• umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;

• maktabgacha ta’lim tashkilotlari I va II guruh direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari ularni organ direktori oʻrinbosari lavozimi bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish yoʻli bilan oshiriladi.

 

2026 yil 1 yanvardan boshlab umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining direktorlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktorlar va ularning oʻrinbosarlari uchun KRІ natijalariga qarab bazaviy tarif stavkalariga mos ravishda 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev