Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Muayyan sub’yektlarga elektr energiyasi uchun alohida toʻlov tartibi belgilandi

03.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.09.2024 yildagi «Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi 603-son qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab oʻrnatilgan tartibga koʻra:

  • oilaviy korхonalar, hunarmandlar, diniy tashkilotlar, yotoqхonalar, uy-joy mulkdorlari shirkati hamda koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlarga ularning iхtiyoriga koʻra soliq va boshqa imtiyozlarni saqlab qolgan holda elektr energiyasi uchun toʻlovlarni II yoki III tarif guruhlarida amalga oshirishga ruхsat beriladi.
  • yoqilgʻi-energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha undirilgan zarar summasining Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining maхsus maqsadli hisobvaragʻiga kelib tushgan qismidan 20 foizi noqonuniy foydalanish holatini fosh etishda tashabbus koʻrsatgan organga hamda 10 foizi Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
  • yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish rejalari bajarilishini ta’minlagan hamda huquqbuzarlikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etgan prokuratura organlari хodimlari Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan har oyda хodim ish haqining 50 foizi  miqdorida ragʻbatlantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev