Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doriхona QQS toʻlovchisi boʻlishni istamasa Xizmatlar importi boʻyicha toʻlangan QQS boʻyicha farq shu oyda qaytarilgan boʻlsa, uni hisobga olish mumkinmi Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini PF-67-son Farmon boʻyicha qanday toʻlash kerak BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati qanday tuziladi – Buxgalter ProQishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar – Buxgalter Pro

Muqaddas Ramazon oyiga tayyorgarlik boshlandi

28.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.02.2025 yildagi "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga asosan 2025 yilda muqaddas Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga toʻgʻri keladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga Din ishlari boʻyicha qoʻmita va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda "Ramazon – saхovat, birdamlik va bagʻrikenglik oyi" gʻoyasi asosida Ramazon oyini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor berish talab etiladi:

  • ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yoʻlida izlanayotgan yoshlarga yordam berish boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga;
  • oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda oʻzaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
  • atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, koʻchatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bogʻliq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslikka.

 

Hujjat OʻzA tomonidan e’lon qilingan va 28.02.2025 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova