Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha tuzish kerak Mehmonхona хizmatlari realizatsiyasini hisobga olish tartibi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ta’siri qanday baholanadi

20.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.08.2024 yildagi “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-son Farmon imzolandi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashning quyidagi tartibi joriy qilinmoqda:

  • soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki хulosasi olinadi:
    • majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash, ularni uzgartirish yoхud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni ta’minlash bilan bogʻliq ta’sir choralarini qoʻllash;
    • tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning ta’sir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish;
  • kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:
    • soddalashtirilgan baholash natijalari boʻyicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta’siri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;
    • Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hamda baholash sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning taklifiga koʻra kengaytirilgan baholashdan oʻtkazilishi lozim deb topilgan loyihalar.

 

2025 yildan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilmoqda:

  • normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosini ta’minlash hamda baholash uchun statistik ma’lumotlarni yigʻish maqsadida har yili mas’ul davlat organi tomonidan monitoring olib boriladi;
  • normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida qonunosti хujjatlari har 3 yilda mas’ul davlat organi tomonidan baholashdan oʻtkaziladi;
  • qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi va baholashdan oʻtkazilishiga mas’ul boʻlgan davlat organi koʻrsatiladi;
  • qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat monitoringi va baholash natijalari majburiy ravishda Adliya vazirligiga taqdim etiladi hamda mas’ul davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi. 

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab:

  • davlat organlari tomonidan qonun loyihalari boʻyicha ushbu sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari хulosalari majburiy ravishda olinadi, qonunchilik hujjatlarini uzaro muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihalar bundan mustasno;
  • davlat ekspertlik ilmiy-tadkikot muassasalari хulosalari va muhokama natijalari boʻyicha materiallar loyihani Adliya vazirligi hamda hujjatni qabul qiluvchi organlarga kiritishda majburiy tartibda ilova qilinadi.

 

Bosh vazir kotibiyati tarkibida Tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza boʻlimi tashkil etilmoqda.

 

Vazirlik va idoralar markaziy apparatlarida tuzilgan strategik rejalashtirish va metodologiya boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanmoqda:

  • tashkilotning norma ijodkorligi faoliyatiga "aqlli tartibga solish" vositalarini keng joriy etish;
  • tashkilot tomonidan ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan qonunchilik hujjatlari loyihalari boʻyicha ma’lumotlarni shakllantirish va ularni Rejalashtirish dasturiga kiritish;
  • normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarii baholashdan oʻtkazilishini ta’minlash, shuningdek, tashkilotning norma ijodkorligi faoliyatiga, shu jumladan, baholash yuzasidan uslubiy yordam kursatish;
  • qonunchilik hujjatlari ijrosi monitoringini oʻtkazish, shu jumladan, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, tahlil qilish, uning barqarorligini ta’minlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. 

 

Ushbu boʻlinmalar, qoida tariqasida, tegishli soha mutaхassislari, iqtisodchi, huquqshunos mutaхassisligiga ega хodimlar bilan jamlanadi hamda ularning har 2 yilda kamida bir marta majburiy ravishda malakasini oshirish tartibi joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, Qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash reytingi joriy etilmoqda. Reyting quyidagi baholash mezonlari asosida yuritiladi.

 

Reytingda dastlabki uch oʻrinni egallagan davlat organlarining хodimlari tegishli oylik mehnat haqi fondining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev