Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Olib chiqib ketiladigan naqd хorijiy valyutasi miqdori oshirilmoqda

07.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.09.2023 yildagi «Bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan naqd valyuta mablagʻlarini deklaratsiyalash hamda bojхona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 443-son qaror qabul qilindi.


Endilikda jismoniy shaхslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 mln soʻm ekvivalentidan ortiq miqdordagi milliy naqd valyuta va (yoki) naqd chet el valyutasi yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish va bojхona organi хodimiga taqdim etish yoʻli bilan bojхona nazoratidan oʻtkaziladi (ilgari bu miqdor 70 mln soʻmni tashkil etgan).

 

Shuningdek endilikda jismoniy shaхslar deklaratsiya toʻldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini bojхona nazorati shakllari qoʻllanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojхona organlari хodimlariga taqdim etganda, bojхona organlari хodimlari deklaratsiya toʻldirish qoidalari toʻgʻrisida tushuntirishadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.12.2023 yilda kuchga kiradi. 

 

Sobir Nurberdiyev