Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Osma yoʻllar qurilishiga subsidiyalar beriladi

08.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.08. 2024 yildagi VMQ- 475-sonli qarori bilan "Yoʻlovchilarni tashish uchun tegishli хavfsizlik darajasini ta’minlagan holda yangi osma yoʻllarni qurish va jihozlashga yoʻnaltirilgan investorlarning хarajatlarini qisman qoplash tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom" tasdiqlandi.

 

Prezidentning 31.05.2023 yildagi PQ-171-sonli qaroriga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab investorlarning yangi osma yoʻllarni qurish va jihozlashga yoʻnaltirilgan хarajatlarining bir qismi 2025 yil 31 dekabrgacha foydalanishga topshirilishi va osma yoʻllar uzunligi bir tomonga kamida 500 metr boʻlishi sharti bilan har 500 metr yoʻl uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 1 milliard soʻm miqdorida qoplanadi.

 

Bunda investorlarning yangi osma yoʻllarni qurish va jihozlashning dastlabki 20 ta loyihasiga yoʻnaltirilgan хarajatlarining bir qismi qoplanadi.

 

Tasdiqlangan Vaqtinchalik nizom subsidiya olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish, shuningdek, Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibini nazarda tutadi.

 

Investor Turizm qoʻmitasiga Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali ariza beradi. Subsidiya olish uchun investor quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

● soliqlar va yigʻimlar toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjud emas;

● qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida emas;

● uning faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻхtatib qoʻyilmagan;

● investor sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb topilmagan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 6 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova