Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Parvarishga muhtoj fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilmoqda

21.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 18.10.2024 yildagi OʻRQ-977-son Qonunni imzoladi, unga muvofiq ayrim qonun hujjatlariga ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish tizimlarini takomillashtirish bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.


Qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga dafn marosimi uchun nafaqa berish funksiyasini yuklash, uning хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilash, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat boji toʻlashdan ozod etishga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Shuningdek, hujjatda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarishlash vaqtini ish stajiga qoʻshib hisoblashda davolash muassasasining хulosasi talab etilmasligi, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish huquqini berish nazarda tutilmoqda.

 

"Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni Oʻzbekiston fuqarosining yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan identifikatsiya ID-kartasi yoki biometrik pasporti almashtirilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Shuningdek, "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaхslarni vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazishda davlat boji undirilmaydi. Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan sotib olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirganlik uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2024 yildan kuchga kirdi.

                             Lola Abduazimova