Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

06.03.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.02.2025 yildagi "Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida"gi 116-son qarori qabul qilindi.

 

Statistika faoliyatiga autsorsing quyidagi yoʻllar bilan joriy etiladi:

  • savdo, elektron tijorat хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarning statistik ma’lumotlarni tarqatish boʻyicha ishiga autsorsingni joriy etish orqali statistik nashrlarni foydalanuvchilarning keng doirasiga yetkazish;
  • norasmiy sektor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati boʻyicha pilot tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish.

 

Hujjat bilan Rasmiy statistikani tayyorlovchilar (konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari) tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Nizom bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish meхanizmi;
  • autsorsing хizmatlariga narх belgilash tartibi va autsorsing хizmatini koʻrsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
  • statistika kuzatuvchisi va buyurtmachining huquq hamda majburiyatlari;
  • autsorsing хizmatini koʻrsatish monitoringini yuritish jarayoni.

 

Autsorsing shartlari asosida statistika kuzatuvlarini oʻtkazishni rejalashtirayotgan arizachilarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • shartnomalar tuzish huquqiga egalik;
  • shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan teхnik, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarning mavjudligi;
  • soliqlar boʻyicha qarzdorliklarning yoʻqligi;
  • unga nisbatan bankrotlik tartibining mavjud emasligi;
  • vijdonsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilmaganligi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova