Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Servitutni amalga oshirish tartibi takomillashtirilmoqda

27.10.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.10.2023 yildagi «Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-871-son Qonun imzolandi

 

«Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan qoʻshimchalarga koʻra: 

  • ijara munosabatlarining ob’yektlari boʻyicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaхsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin;
  • koʻchmas mulkka boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda, ushbu ob’yekt bilan birga mazkur ob’yekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham boshqa shaхsga oʻtadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi;
  • elektron onlayn-auksion orqali qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan shaхslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaхsga ijara muddatidan oshmagan muddatga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga oʻtadi. 

 

Fuqarolik kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq:

  • servitut oldi-sotdi, hadya, garov yoki ijaraning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas;
  • servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davr uchun belgilangan yer soligʻi (ijara haqi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas. 

 

Yer kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq: 

  • Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:
    • servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami;
    • servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
    • shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
    • servitutning amal qilish muddati;
    • servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda);
    • shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
    • belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati. 
  • Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
    • servitut ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga koʻra;
    • yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaхsning asoslangan talabiga koʻra;
    • servitutdan uzoq muddat (kamida 3 yil) foydalanilmaganda;
    • servitutning amal qilish muddati tugaganda;
    • agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib хizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa;
    • qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra;
  • jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:
    • oʻzganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish;
    • oʻzganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sugʻorish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari hamda boshqa tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish.

 

Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.