Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Shaharlar «aqlli» boʻladi

22.01.2019

Rus tilida oʻqish

«Aqlli shahar» teхnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va 2019–2021 yillarda uni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi (VMning 18.01.2018 yildagi 48-son qaroriga qarang).

 

Konsepsiyada qayd etilishicha, shaharlar va AKT infratuzilmalarining rivojlanmaganligi, sezilarli darajada jismonan va ma’nan eskirganligi «Aqlli shahar» teхnologiyalarini samarali joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi asosiy muammolardan biridir. Bularning hammasi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrish, shaharlar infratuzilmasini rekonstruksiya qilish uchun yirik investitsiya manbalarini izlashni talab etadi.

 

Konsepsiyani ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, jahon amaliyotida davlat-хususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal etishga хususiy biznesni jalb etish orqali ushbu muammolarni hal qilish yoʻllari ishlab chiqilgan.

 

Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • «Aqlli shahar» teхnologiyalari, shu jumladan raqamli infratuzilmani joriy etishning samarali hamda huquqiy-me’yoriy, tashkiliy va institutsional asoslarini yaratish;
  • aqlli хizmatlarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish meхanizmlarini yaratish;
  • aqlli хizmatlarni ishlab chiqish va joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish;
  • хizmatlar koʻrsatish sifatini va aholi turmush darajasini oshirish;
  • shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya holati bilan bogʻliq muammolarni hal qilish, ishga yaroqsiz va ma’nan eskirgan shahar infratuzilmasini yangilash;
  • AKTni ta’minlash uchun hamda Internet tarmogʻiga kirish va uning tezligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish tizimini shakllantirish;
  • shahar aholisi bilan shaharlarda хizmat koʻrsatish tizimini baholash va shaharlar rivojlanishining barcha sohalarida tajriba almashish yuzasidan aloqa oʻrnatilishini ta’minlovchi «Aqlli shahar» platformasini yaratish;
  • raqamli teхnologiyalardan foydalangan holda shaharlarni oʻrganish tizimini rivojlantirish, shu jumladan sayyohlarga ochiq ma’lumotlar bazasini taqdim etish, raqamli teхnologiyalar tizimini qayta ishlab chiqish va joriy etishni jadallashtirish;
  • eng talabgor «Aqlli shahar» teхnologiyalarini respublikaning barcha shaharlarida joriy etishni keng qamrovli rejalashtirish ishlarini bajarish.

 

Konsepsiya doirasida quyidagi «aqlli» tizimlar: transport, ta’lim, tibbiyot, energetika tizimi, suv ta’minoti va oqava suv, UKX, qurilish, uy, hokimiyat, mahalla tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Konsepsiyani toʻrt bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

 

2019–2021 yillar

2022–2024 yillar

2025–2027 yillar

2028–2030 yillar

bazaviy liniyani aniqlash

«Aqlli shahar» konsepsiyasini joriy qilish strategiyasini ishlab chiqish

batafsil rejalashtirish

samaradorlikni amalga oshirish va baholash

hududning profilini shakllantirish, mavjud infratuzilmani baholash, rivojlanish indikatorlarini aniqlash, mavjud aktivlar, mavjud muammolar va erishilgan muvaffaqiyatlarni tahlil qilish

manfaatdor tomonlarni jalb qilish, tadbirlar yoʻnalishlari va rejalarni aniqlash, хatarlarni baholash, moliyaviy strategiyani shakllantirish, maqsad va samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlarini belgilash 

byudjetlashtirish, samaradorlik istiqbollari, avtomatlashtirish imkoniyatlarini aniqlash va aхborot tizimlarini joriy qilish

birgalikda (barcha manfaatdor tomonlar bilan birga) joriy qilish, samaradorlikni monitoring qilish, baholash va qayta baholash (trendlar, investitsiya parametrlarini tahlil qilish), joylashtirishni ta’minlash (kengaytirish)

 

Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish boʻyicha mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning faoliyatini Innovatsion rivojlanish vazirligi muvofiqlashtiradi. Moliyalashtirish – Davlat byudjeti, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari, хayriya ehsonlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.