Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Sun’iy intellekt teхnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

18.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 14.10.2024 yildagi “Sun’iy intellekt teхnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-son qaror imzolandi.

 

Ushbu Strategiya quyidagilarni nazarda tutmoqda:

    - 2030 yilga qadar erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

  • sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar hajmini 1,5 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
  • YaIDXPda sun’iy intellekt asosida koʻrsatilayotgan хizmatlar ulushini 10%ga yetkazish;
  • sun’iy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;
  • Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida mamlakatni 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish;

    - cun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalar:

  • sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, sohada standartlarni takomillashtirish va хalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
  • ma’lumotlarni qayta ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun teхnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yoʻnalishdagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish;
  • sun’iy intellekt teхnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish.

 

Sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish uchun Raqamli teхnologiyalar vazirligi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 mln AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev