Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi onlayn aniqlanadi

07.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining  05.09.2022 yildagi “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  488-son qarori qabul qilindi.

 

«Business Indicator» tizimi «Yagona davlat nazorati» tizimi bilan integratsiya qilinadi. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi baholash natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” aхborot tizimida e’lon qilinadi.

 

Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2021 yildagi PF-6314-son Farmoni bilan 2022 yildan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etilgan.

 

Indeks Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan «Yagona davlat nazorati» aхborot tizimi orqali tekshiruv natijalari asosliligi hamda qonuniyligi, profilaktik tadbirlar va tekshiruvlar mutanosibligi, tadbirkorlarning tekshiruv natijalaridan qoniqish darajasi kabi koʻrsatkichlar asosida tuziladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 08.01.2020 yildagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Ularga koʻra, Indeksni shakllantirishda, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishga oid quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlar inobatga olinadi:

  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishning qonuniyligi;
  • nazorat qiluvchi organlarning tekshirish oʻtkazish haqidagi arizalarining asosliligi;
  • tekshirishlarni tadbikorlik sub’yektlarini ogohlantirish bilan yakunlash darajasi;
  • tekshiruvchi mansabdor shaхslarning professionallik darajasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.09.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.