Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Veterinariya klinikalari va optika salonlarini QQSga oʻtkazish asoslimi Elektromobillarni quvvatlantirish faoliyatiga qanday soliqlar solinadi Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi

Tovarlarning hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklash bekor qilindi

04.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 29.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-950-son Qonun imzolandi.

 

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi”gi Qonunga kiritilayotgan me’yorga asosan:

  • tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining respublika hududida erkin harakatlanishi, ushbu sub’yektlar davlat roʻyхatidan oʻtgan hududdan qat’i nazar, kafolatlanadi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklashga, toʻхtatib turishga va taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev