Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Tovarning kelib chiqishi sertifikatini kim beradi

11.06.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.05.2024 yildagi “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 311-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Jahon savdo tashkilotining Kelib chiqish qoidalari bitimida nazarda tutilgan umumiy qoidalarni milliy qonunchilikka kiritish;
  • Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, ichki bozorda sotilayotgan tovarlar uchun ST-UZ sertifikatini olish mumkin. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (13.12.2019 yildagi VMning 994-son qaroriga ilova, keyingi oʻrinlarda - Nizom) CT-UZ sertifikat olish uchun ariza berish tartibini belgilaydigan 7-ilova bilan toʻldirildi;
  • tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikati QR-kod orqali elektron shaklda beriladi. Nizom yangi tahririning 39-bandiga koʻra, sertifikat ayrim хorijiy davlatlar uchun QR-kod qoʻyish orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, 44-band QR-kod qoʻyilgan elektron sertifikat berilganda, dublikat olish talab etilmasligi toʻgʻrisidagi band bilan toʻldirildi.

 

Bundan tashqari, tovarning kelib chiqishi sertifikatini beruvchi vakolatli organ belgilangan. Ushbu organ -«Oʻzbekekspertiza» AJ. Tegishli oʻzgartirish Nizomning 2-bandiga kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 04.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                                    Saodat Usmanova