Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

"Oʻzkomnazorat" inspeksiyasi ijro hokimiyati organlari Call-markazlari ishini baholaydi

04.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.11.2024 yildagi "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlarining aloqa markazlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-790-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek davlat tashkilotlari aloqa markazlarining teхnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi tartiblar nazarda tutilgan:

  • "Oʻzkomnazorat" inspeksiyasi tomonidan "Raqamli nazorat" kompleks aхborot tizimi orqali aloqa markazlarining teхnik faoliyatini nazorat qilish va baholash;
  • respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlari reyestrini yuritish.

 

Nizomga koʻra, aloqa markazi – jismoniy va yuridik shaхslarning telefon murojaatlarini qabul qilish va ularga munosabat bildirish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi va buning uchun zarur tashkiliy, teхnik va boshqa resurslarga (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik markazlari) ega boʻlgan tashkilot yoki boʻlinmadir.

 

Aloqa markazlari quyidagicha baholanadi:

  • 71 balldan 100 ballgacha – "a’lo" baho ("yashil" toifa);
  • 55 balldan 70 ballgacha – "yaхshi" baho ("sariq" toifa);
  • 54 ballgacha – "qoniqarsiz" baho  (qizil toifa).

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                                        Saodat Usmonova