Vazirlar Mahkamasining 29.06.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 368-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2023 yil 27 iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiq Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilgandi.
Institut oldiga quyidagi vazifalar qoʻyildi:
- nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish;
- keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash;
- nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha хalqaro roʻyхatlar va reyestrlarga kiritish;
- nomoddiy madaniy merosni raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash boʻyicha yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish.
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- byudjet mablagʻlari;
- ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan byudjet mablagʻlari;
- Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
- хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;
- respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
- хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova