Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Mart oyida kichik korхonalar tanlama kuzatuvi oʻtkaziladi

02.03.2017

Davlat statistika qoʻmitasi ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirmalar va kichik korхonalar tanlama kuzatuvini oʻtkazish sanasini e’lon qildi.

Kuzatuv Davlat statistika qoʻmitasining 2017 yil 27 fevraldagi 11-son buyrugʻiga muvofiq joriy yilning 28-31 mart kunlari oʻtkaziladi. Mazkur hujjat bilan “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirma va kichik korхonalar tanlama kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik tartib” tasdiqlandi.

 

Mamlakatimiz ilmiy salohiyatining rivojlanishida mikrofirma va kichik korхonalarning salmogʻini baholash uchun zarur boʻlgan statistik ma’lumotlarni shakllantirish ushbu kuzatuvning maqsadi hisoblanadi.

 

Shuni inobatga olib, Davlat statistika qoʻmitasi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalari bilan shugʻullanadigan mikrofirma va kichik korхonalarning mazkur soʻrovda faol ishtirok etishlarini soʻraydi.

 

2-fan kuzatuv anketasini toʻldirish va toʻldirilgan anketalarni taqdim etish joriy yilning 10 mart kuni Davlat statistika qoʻmitasining veb-saytida joylashtiriladigan eStat 2.0 tizimi orqali elektron koʻrinishda amalga oshiriladi.