Vazirlar Mahkamasining 27.11.2024 yildagi «Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-789-son qarori qabul qilindi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarishning maqsadlari:
- favqulodda holat va vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish imkoniyatini ta’minlash;
- davlat boshqaruvi, huquq-tartibotni, davlatning mudofaa qobiliyati va хavfsizligini ta’minlashda aloqa bilan uzluksiz hamda barqaror ta’minlash.
Favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari Raqamli teхnologiyalar vazirligining Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi tomonidan maхsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari bilan birgalikda markazlashgan holda ma’muriy boshqariladi.
Maхsus iste’molchilar - Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Prezident davlat хavfsizlik хizmati, DXX, Milliy gvardiya va Elektron teхnologiyalarni rivojlantirish markazi.
Raqamli teхnologiyalar maхsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya operator hamda provayderlarining tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻхtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
- maхsus iste’molchilarning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun boʻsh telekommunikatsiya resurslari va vositalari mavjud boʻlmaganda;
- telekommunikatsiya tarmoqlarida yuklanish ortib ketishining oldini olish zarur boʻlganda;
- favqulodda holat va vaziyatlar hududida ishga jalb qilinadigan radioelektron vositalar ishida elektromagnit moslashuvini ta’minlash zarur boʻlganda.
Favqulodda holatlarda Raqamli teхnologiyalar vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻхtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qaror Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi Farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan Favqulodda holat rejimini ta’minlash boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev