Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik monitoring qanday oʻtkaziladi

16.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.10.2024 yildagi «2024-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida» PF-155-sonli Farmoni qabul qilindi.


Hujjat bilan 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash va hal etish samaradorligini oshirish uchun davlat kosmik monitoringining quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:

  • yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;
  • oʻrmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;
  • geologiya sohasida yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;
  • mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;
  • suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;
  • qishloq хoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini oʻrganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash.

 

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida davlat kosmik monitoringini amalga oshirish dasturi;
  • 2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

Dastur doirasida quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishish rejalashtirilgan:

  • suv sathi rejimi monitoringi amalga oshiriladigan suv omborlarining sonini 50 taga yetkazish;
  • qishloq хoʻjaligi ekin yerlari kesimida ekin yerlaridan foydalanishning joriy holatini, ekinlarning turlarini hamda haqiqatda ekin ekilgan maydonlarini toʻliq qamrab olish;
  • yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash ishlari bilan respublikaning barcha hududlarini qamrab olish;
  • oʻrmon bilan qoplangan barcha maydonlarning chegaralarini belgilash.

 

2025 yil 1 martdan boshlab yer qa’ridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va risk-tahlil "Geomonitoring" aхborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.10.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova