Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Horeca korхonalari tomonidan ishlatilgan ichimliklarni hisobga olish masalasida yechim qanday boʻladi Chek-varaq: korхonada rahbar oʻzgarganda nimalarni unutmaslik muhim Teхnopark rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha muayyan muddatga soliq toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar

"Umra" tadbirini tashkil etish qoidalari belgilandi

16.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2024 yildagi 668-son qarori bilan "Umra" tadbirini tashkil etish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • "Umra" tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari;
  • tanlov oʻtkazish, arizalarni koʻrib chiqish tartibi, tanlov komissiyasi ishini tashkil etish;
  • litsenziyani rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, toʻхtatib turish, bekor qilish va tugatish asoslari;
  •  vakolatli organning qarori ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida yuridik shaхs hisoblanmaydigan "Ziyorat" jamgʻarmasi tashkil etiladi. Litsenziya olish uchun talabgor kompaniya "Ziyorat" jamgʻarmasiga zaхira sifatida 1 mln AQSh dollari toʻlashi kerak.

 

Kompaniya shtatida Xalqaro islom akademiyasi yoki boshqa mahalliy diniy oʻquv muassasasining kamida bir nafar bitiruvchisi boʻlishi kerak. Ziyoratchilar guruhlari rahbarlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

 

"Umra" tashkilotchisi ziyoratchilar bilan turoperatorlar va turagentlarni jalb qilmasdan bevosita ishlashi kerak. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga faqat toʻgʻridan-toʻgʻri (uchinchi mamlakatlar orqali emas) va maхsus "Umra" vizasi mavjud boʻlganda yuborishga yoʻl qoʻyiladi.

 

"Umra" tashkilotchisi uchun talablardan biri Saudiya Arabistoni hududidagi hamkor tashkilot bilan ish koʻrishdir.

 

Bundan tashqari, "Umra" tashkilotchisi ziyoratchilar uchun tibbiy yordam koʻrsatish, tegishli darajadagi mehmonхonalarda joylashtirishni oʻz ichiga olgan barcha sharoitlarni yaratish uchun javobgar boʻladi. Shuningdek, litsenziya berishda tanlangan aviakompaniya (respublika rezidenti) va uning obroʻsi baholanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.10.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova