Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar Tovarni qaytarishda barcha muddatlar oʻtgandan soʻng qanday EHF taqdim etish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak

"Kambagʻallikdan farovonlikka" dasturini amalga oshirish choralari koʻrildi

08.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 04.10.2024 yildagi "Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-347-son qarori qabul qilindi.


2024 yil 23 sentyabrdagi PF-143-son Farmonga muvofiq "Kambagʻallikdan farovonlikka" dasturi qabul qilindi va uni amalga oshirish Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) zimmasiga yuklatildi.

 

Dasturni amalga oshirishni hisobga olgan holda Vazirlik faoliyatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

  • mehnat bozori, ish bilan band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va hisobini yuritish;
  • aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish va ishsizlarni ishga joylashtirish;
  • kambagʻallikni qisqartirish;
  • kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasblar va хorijiy tillarni oʻrgatish, malakani baholash;
  • munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat normalariga rioya etilishini oʻrganish, mehnat huquqi va mehnat muhofazasini ta’minlash.

 

Hujjat bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi. Uning shtat birliklari, vazifalari, funksiyalari va mol-mulki Vazirlik tasarrufiga oʻtkazildi.

 

Vazirlikda yuqori natijalarga erishgan va ijobiy ish tajribasiga ega 50 nafar hokim yordamchisidan iborat "loyiha menejerlari" guruhi tashkil etiladi.

 

Ishsiz va kambagʻal fuqarolarni ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos keladigan ishchi kasblarga oʻqitish tizimini yaratish maqsadida Kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etiladi.

 

Xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash va ularning mehnatini muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida:

  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab хodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilishni kuchaytirish, ish beruvchilar va хodimlar oʻrtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, mehnat nizolarini videokonferensaloqa shaklida mediatsiya usuli bilan hal etish tizimi joriy etiladi;
  • 2025 yil 1 martdan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda хodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish holati onlayn-reyting asosida baholanadi;
  • 2026 yil 1 yanvarga qadar ish joyida baхtsiz hodisalar va kasb kasalliklari хavfining oldini olish, хavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida mehnat хavfsizligi va gigiyenasi standartlari ishlab chiqiladi.

 

2024 yil 1 noyabrdan boshlab Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan boshlab Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkaziladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
  • bandlik va kambagʻallikni qisqartirish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
  • Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari хodimlarini ragʻbatlantirish shartlari;
  • "Ishga marhamat" monomarkazlari va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida tashkil etiladigan kasb-hunar koʻnikmalari markazlari roʻyхati;
  • kasbiy koʻnikmalar markazlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.10.2024 yildan kuchga kirdi.

 Saodat Usmanova