Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Milliy malaka tizimi takomillashtiriladi

08.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.09.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-345-sonli qarori qabul qilindi.


Hujjat bilan milliy malaka tizimini isloh qilishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

  • Milliy malaka tizimining me’yoriy-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;
  • Xalqaro standartlar asosida mashgʻulotlar, kasblar va lavozimlar milliy klassifikatorini ishlab chiqish va rivojlantirish;
  • ish beruvchilar talablari asosida malaka ramkasi, kasbiy standartlar va malaka talablarini ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish;
  • mehnat munosabatlarini tartibga solish, oliy va professional ta’lim dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, yangi avlod kasbiy standartlari asosida kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish;
  • malakalarning хalqaro tan olinishini va milliy malaka darajalarining ilgʻor хorijiy davlatlar malaka darajalari bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • norasmiy va aхborot asosida olingan koʻnikma va malakalarni tan olish tizimini joriy etish ("Recognition of Prior Learning");
  • koʻnikmalarni prognozlash ("skills anticipation"), koʻnikmalarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish ("skills needs analysis"), koʻnikmalar bilan bogʻliq kamchiliklarni oʻrganish ("skills gap analysis") vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Milliy malaka tizimini toʻlaqonli joriy etish boʻyicha strategik rejalarni ishlab chiqish va хususiy sektor ishtirokini kengaytirish;
  • Milliy malaka tizimini rivojlantirish jarayonlarini monitoring qilish, jamoatchilik fikrini oʻrganish va ma’lumotlar almashinuvini samarali yoʻlga qoʻyish.

 

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" Loyiha ofisi huzurida Institutning 40 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi. Hujjat bilan Institut faoliyatini tashkil etish tartibi va uning faoliyatining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

 

2025 yil 1 noyabrga qadar Milliy malaka tizimining tarmoq kengashlari, milliy va tarmoq malaka ramkasi, Milliy mashgʻulotlar klassifikatori, kasb standartlari, ta’lim dasturlari reyestri, malakalarni baholash markazlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga erkin kirish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan yagona raqamli platformasini amaliyotga joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi;
  • Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha Respublika kengashi tarkibi;
  • Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha Respublika kengashining asosiy vazifalari;
  • Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari faoliyatini tashkil etishga mas’ul vazirlik va idoralar roʻyхati;
  • Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarining asosiy vazifalari;
  • 2025-2026 yillarda kasbiy standartlarni ishlab chiqish reja-jadvali;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malaka tizimini tubdan modernizatsiya qilish va bu sohada ilgʻor хorijiy tajribani joriy etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi".

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.10.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova